Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rustam Minnixanov O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlariga hamdardlik bildirdi

Rustam Minnixanov O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlariga hamdardlik bildirdi

Foto: RBK

Tatariston rahbari Rustam Minnixanov Nijnekamsk shahrida dronlar hujumi oqibatida O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari halok bo‘lganligi munosabati bilan ushbu mamlakatlar prezidentlariga hamdardlik bildirdi. Bu haqda respublika rahbari matbuot xizmatiga tayanib, TASS xabar berdi.

Hujum oqibatida 8 nafar O‘zbekiston fuqarosi va bir nafar Tojikiston fuqarosi halok bo‘lgan. Minnixanov telegrammalarida qurbonlar va jabrlanganlarning oilalariga barcha zarur yordam ko‘rsatilishini ta’kidlagan.

«O‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydigan yo‘qotish dardiga sherikmiz. Ushbu og‘ir damlarda fikr va tuyg‘ularimiz dahshatli terakt qurbonlarining oilalari bilan. Ularga jasorat, ruhiy kuch va matonat, barcha jabrlanganlarga esa tezroq sog‘ayib ketishini tilayman», — deb yozgan Minnixanov.

Hodisa oqibatida 13 kishi, jumladan bir bola halok bo‘lgan. 70 dan ortiq kishi tibbiy yordam so‘ragan, 21 kishi shifoxonaga yotqizilgan.

Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Rossiya Jinoyat kodeksining 205-moddasi asosida tergov harakatlari olib borilmoqda.

10 avgust kuni Tataristonda motam kuni deb e’lon qilingan.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq, bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligida mas’ul vazirlik va idoralar vakillaridan iborat Hukumat komissiyasi tuzildi.

Hukumat komissiyasiga hodisa oqibatida jabrlangan fuqarolarimizning holidan xabar olish va ularga barcha zarur yordam ko‘rsatish, halok bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini havo transportida maxsus reys orqali olib kelish va tegishli manzillarga yetkazish, shuningdek ularning oila a’zolariga har tomonlama ko‘maklashish vazifalari yuklatildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring