Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sud raisi YTHda halok bo‘ldi

Sud raisi YTHda halok bo‘ldi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Jinoyat ishlari bo‘yicha Tomdi tuman sudi raisi Aziza Mirzayeva 15 avgust kuni YTHda halok bo‘ldi.

Xabarga ko‘ra, u boshqarayotgan Cobalt  yo‘ldan chiqib, ag‘darilib ketgan. Sud raisi Zarafshon shahridan Tomdi tumaniga ishga ketayotgan bo‘lgan.

YTHda og‘ir tan jarohati olgan sud raisi voqea joyida vafot etgan.

YTHga haydovchi tezlikni oshirgani sabab bo‘lgani aytilmoqda. Ammo YTH sodir bo‘lgan hududda yo‘lning ahvoli abgor holatda ekanini ko‘rish mumkin.

39 yoshli Aziza Mirzayeva 2024-yil dekabr oyida sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Navoiy viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Tomdi tuman sudining raisi lavozimiga tayinlangandi. U ikki farzandning onasi edi.

Sudyalar oliy kengashi marhumaning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring