Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoro viloyatida yer silkinishi sodir bo‘ldi

Buxoro viloyatida yer silkinishi sodir bo‘ldi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Buxoro viloyatida zilzila sodir bo‘ldi. 

Bugun, 21-may kuni soat 12:29 da Buxoro viloyatining Jondor tumanida zilzila qayd etildi. 

Epitsentri Toshkent shahridan 525 km janubiy-g‘arbda joylashgan ushbu yer silkinishining magnitudasi 3,4 ni, chuqurligi esa 10 kilometrni tashkil qilgan. 

Seysmologiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzilaning O‘zbekiston hududida sezilish kuchi Gazli shahrida 2 balldan iborat bo‘ldi. Epitsentr Gazli shahridan 31 kilometr uzoqlikda joylashgan. Mamlakatning boshqa hududlarida yer qimirlashi kuzatilmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring