O‘zbekistonga kirish vizasi uchun 31 ming dollar talab qilganlar ushlandi
Kirish vizasi uchun 31 ming dollar talab qilingan holat aniqlandi.
3 nafar xorijiy fuqaroga noqonuniy ravishda mamlakatimiz hududiga kirish vizalarini tanishlari orqali rasmiylashtirib berishi evaziga 31.200 AQSh dollari olgan vaqtida Toshkent shahrida yashovchi, 1985-y.t. shaxs ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Ushbu shaxs mazkur pul mablag‘ining 4200 dollarini o‘zida qoldirib, qolgan 27 ming dollarni poytaxtda istiqomat qiluvchi, 1960-y.t. fuqaroga berishi kerakligi aniqlangan. Davom ettirilgan tezkor tadbirda, ushbu fuqaro ham 27 ming dollarni olgan vaqtida DXX va IJQK Departamenti xodimlari tomonidan ushlandi.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter