Endi Toshkentdan Andijonga atigi 3 soatda boramiz
Tasavvur qiling, poytaxtda kunni boshlab, atigi uch soat ichida Andijonda yangi yopilgan patirdan tanovul qilyapsiz. Ha, O‘zbekiston temir yo‘l logistikasida yangi davr boshlanmoqda.
Xitoyda ishlab chiqarilgan, zamonaviy dizayn va yuqori tezlikdagi poyezd Andijon tomon ilk sinov reysini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Andijon viloyati hokimligi taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu loyiha Vodiy aholisi va poytaxt o‘rtasidagi masofani butunlay o‘zgartirib yuboradi.
Yangi transport vositasi o‘zining yuqori ko‘rsatkichlari bilan ham e’tiborni tortmoqda, jumladan, soatiga 160 kilometr, bir yo‘la 415 nafar yo‘lovchini qabul qilish imkoniyati va Toshkentdan Andijongacha bo‘lgan masofa endi bor-yo‘g‘i 3 soatda bosib o‘tiladi.
Yo‘l vaqtining qisqarishi mintaqalar o‘rtasidagi savdo-sotiq, ishbilarmonlik aloqalari va turizmni yangi bosqichga olib chiqadi. Ilgari uzoq mashaqqatli tuyulgan safarlar endi kundalik qulay ish kuniga aylanadi. Qulaylik va tezlikni o‘zida mujassam etgan mazkur poyezdning sinovdan muvaffaqiyatli o‘tishi yangi yo‘nalishning tez orada muntazam reyslar jadvaliga kiritilishidan darak beradi. Vodiy sari yo‘l yaqinlashmoqda yangi formatdagi sayohatlarga tayyor turing.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter