Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev kelgusi o‘n yillikni «Milliy yuksalish davri» deb e’lon qildi

Shavkat Mirziyoyev kelgusi o‘n yillikni «Milliy yuksalish davri» deb e’lon qildi

O‘zbekiston Mustaqilligi kuni — so‘nggi yillarda tubdan yangilanib, dadil ilgarilayotgan mamlakatimizning ulug‘ va qutlug‘ ayyomidir.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqlarida kelgusi o‘n yillikni «Milliy yuksalish davri» deb e’lon qildilar.

Oldimizda keng ko‘lamli milliy dasturlarni hayotga tatbiq etish, yuksak maqsad va ulkan vazifalarni amalga oshirishdek mas’uliyatli davr turibdi.

Jumladan, bilim va ko‘nikmalarni amaliy kapitalga aylantirish, aholi salomatligi va uzoq umr ko‘rishini ta’minlash, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyotni barpo etish, suv resurslaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish, atrof-muhitni asrash, qonun ustuvorligini to‘liq ta’minlash, mahalla institutini yanada mustahkamlash hamda O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi va obro‘-e’tiborini yuksaltirish oldimizda turgan ustuvor vazifalardir. Bu ezgu maqsadlarning barchasi yurt taraqqiyoti, xalq farovonligi va kelajak avlodning munosib hayoti uchun xizmat qiladi.

Bayraming muborak bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim! Mustaqilligimiz abadiy, osmonimiz musaffo, yurtimiz tinch va taraqqiyotimiz bardavom bo‘lsin!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring