O‘qituvchilarning 31 avgust uchun ish haqi ushlab qolinmaydi — vazirlik
Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim maktablarda xodimlarning, jumladan, o‘qituvchilarning 31 avgust uchun ish haqi ushlab qolinayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ma’lum qilishicha, maktablarda xodimlarga ish haqi to‘lovlari shtatlar jadvali hamda tarifikatsiya ro‘yxati bo‘yicha ajratilgan dars soatlari asosida amalga oshiriladi.
Bunda o‘qituvchilarga tarifikatsiya ro‘yxatida ularga belgilangan oylik yuklama, ya’ni stavkasida kelib chiqqan holda ish haqi to‘lanadi.
Amaldagi mehnat qonunchiligida dam olish kuni munosabati bilan, jumladan, 31 avgust kuni uchun maktablarda ish haqidan ushlab qolish nazarda tutilmagan bo‘lib, ish haqidan ushlanmasdan to‘liqligicha to‘lab berish bo‘yicha topshiriq berilgan.
«Maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarining avgust oyi ikkinchi yarim ish haqi to‘lovlari bayramni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazish maqsadida 29 avgust sanasidan boshlab to‘lab berilmoqda» — deyiladi xabarda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter