Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun Shavkat Mirziyoyev mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda qatnashadi

Bugun Shavkat Mirziyoyev mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda qatnashadi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev «Shahidlar xotirasi» xiyobonida qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etadi hamda «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘yadi.

Kechqurun davlat rahbari Vatanimiz tarixidagi qutlug‘ sana – mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda ishtirok etib, xalqimizni bayram bilan tabriklaydi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilgi Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir 29 avgust kuni o‘tkazilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring