Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi

Prezident Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida bo‘lib, Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi.

Ushbu mahobatli majmuada xalqimizning ko‘p asrlik tarixi, buyuk allomalarimiz va jahongir ajdodlarimizning siymolari, yurtimiz taraqqiyotidagi muhim voqealar o‘z ifodasini topgan.

Monument cho‘qqisidagi Humo qushi ozodlik va ezgulik g‘oyalarini, xalqimizning olijanob orzu-intilishlarini ifoda etadi.

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan marosimda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi hamda Toshkent shahar jamoatchiligi vakillari ishtirok etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring