Shavkat Mirziyoyev jazo o‘tayotgan 852 nafar shaxsni avf etdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan 852 nafar shaxsni avf etdi.
Farmonga ko‘ra, ularning 604 nafari jazodan to‘liq ozod qilinadi, 115 nafari muddatidan ilgari shartli ozodlikka chiqariladi, 52 nafarining jazosi yengilrog‘iga almashtirilib, 81 nafar mahkumning jazo muddati qisqartiriladi.
Avf etilganlar orasida 7 nafar chet el fuqarosi, 49 nafar ayol, 60 yoshdan oshgan 37 nafar erkak va 375 nafar yosh bor.
Shuningdek, taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida ishtirok etgan 63 nafar shaxs ham avf etildi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter