Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan 558 nafar fidoyi inson davlat mukofoti bilan taqdirlandi

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan 558 nafar fidoyi inson davlat mukofoti bilan taqdirlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan davlat mukofotlarini topshirish marosimida mamlakatdagi o‘zgarishlar va ularga hissa qo‘shayotgan insonlar mehnatiga to‘xtaldi.

Davlat rahbari bugun Yangi O‘zbekistonning ovozi eng nufuzli xalqaro minbarlarda ham baland yangrayotgani, mamlakatning xalqchil va tinchlikparvar siyosati jahonda e’tirof etilayotganini ta’kidladi.

«Hech shubhasiz, yuqoridagi barcha o‘zgarishlar ko‘p millatli xalqimiz, siz kabi jonkuyar yurtdoshlarimiz mehnati bilan amalga oshmoqda», — dedi Prezident.

Shavkat Mirziyoyev qaysi soha yoki vazifada ishlamasin, inson o‘z mehnatining munosib e’tirofini ko‘rishi katta baxt ekanini qayd etdi.

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan islohotlarga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashab, sidqidildan mehnat qilayotgan 558 nafar fidoyi inson yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.

Prezident har bir mukofotlangan insonning mashaqqatli mehnat yo‘li, erishgan yutuqlari va mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasini yaxshi bilishini ta’kidladi.

Mukofotlanganlar orasida butun umrini bunyodkorlikka bag‘ishlagan xorazmlik nuroniy Rustam Sultonov ham bor. Qayd etilishicha, u keksa yoshiga qaramay, viloyat nuroniylariga boshchilik qilib, mahalla va qishloqlarni obod qilish ishlarida yoshlarga namuna bo‘lib kelmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring