Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston daromadi o‘rtachadan yuqori davlatlar qatoriga kirdi

O‘zbekiston daromadi o‘rtachadan yuqori davlatlar qatoriga kirdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Katta siyosiy iroda bilan O‘zbekiston dunyoga keng ochildi, chegara muammolari hal qilinib, qo‘shnilar bilan do‘stlik va hamkorlik mustahkamlandi.

​Valyuta, soliq, bojxona va investitsiya siyosatida tub o‘zgarishlar amalga oshirildi.

​Natijada mamlakatimizning Iqtisodiy erkinlik indeksidagi o‘rni 80 pog‘ona yaxshilanib, O‘zbekiston iqtisodiyoti mo‘tadil erkin davlatlar qatoridan joy oldi.

​Ilgari iqtisodiyotimizga yiliga 2-3 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilingan bo‘lsa, hozir mazkur ko‘rsatkich 40-50 milliard dollarni tashkil etmoqda. Investitsiyalar bilan birga ilg‘or texnologiyalar, zamonaviy bilim va yangi iqtisodiy imkoniyatlar ham kirib kelmoqda.

​Uch yil oldin 2030-yilda yalpi ichki mahsulot hajmini 160 milliard dollarga yetkazish reja qilingan edi. Global logistikadagi uzilishlar va dunyodagi notinch vaziyatga qaramasdan, ushbu marra joriy yilning o‘zida ortig‘i bilan bajarilib, O‘zbekiston daromadi o‘rtachadan yuqori davlatlar qatoriga kiradi.

​– Bunday yuksak natijalarga xalqimizning fidokorona mehnati, intellektual salohiyati hamda millat va davlat birdamligi tufayli erishyapmiz. Ijobiy o‘zgarishlarni har bir inson, har bir oila o‘z hayotida chuqur his etyapti,– dedi Prezidentimiz.

– Bizning eng katta boyligimiz – ertangi kunimizning hal qiluvchi kүchi bo‘lgan Yangi O‘zbekiston yoshlaridir, – dedi davlatimiz rahbari.

​Intiluvchan va tirishqoq o‘g‘il-qizlarimizni qo‘llab-quvvatlash uchun har yili 20-25 trillion so‘m ajratilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizdagi biznes vakillarining 35 foizini yosh tadbirkorlar tashkil etmoqda.

​Tokio va Parij Olimpiya hamda Paralimpiya o‘yinlarida, dunyo maydonlarida yosh sportchilarimiz erishgan tarixiy yutuqlar xalqimizga cheksiz iftixor bag‘ishlagani ta’kidlandi.

​Futbolchilarimiz ilk bor jahon chempionatida ishtirok etib, o‘zbek sporti tarixida yangi sahifa ochdi. Ular boshlagan yo‘l davomli va zafarli bo‘lishiga ishonch bildirildi.

​Yaqin kunlarda Samarqandda Jahon shaxmat olimpiadasi boshlanadi, noyabr oyida esa grossmeyster Javohir Sindarov jahon shaxmat toji uchun kurashga kirishadi. Prezidentimiz shaxmatchi o‘g‘il-qizlarimizga ulkan zafarlar tiladi.

​– Sizlarni Yangi O‘zbekiston yulduzlari, kelajak bunyodkorlari deb bilaman! Oldinga qarab intilishdan va doimiy izlanishdan hech qachon to‘xtamang, aziz farzandlarim! – deya yoshlarga murojaat qildi davlatimiz rahbari.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring