Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorijiy yetakchilardan O‘zbekiston Mustaqilligi kuni munosabati bilan qutlovlar kelmoqda

Xorijiy yetakchilardan O‘zbekiston Mustaqilligi kuni munosabati bilan qutlovlar kelmoqda

Foto: Prezident matbuot xizmati

Mamlakatimiz davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, parlamentlar hamda xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari, ishbilarmon doiralar vakillari, taniqli siyosat, jamoat va din arboblaridan tabrik maktublari kelmoqda.

Xorijlik hamkorlar o‘z maktublarida Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va aholi farovonligini yuksaltirish borasida erishilgan natijalarni qayd etmoqda. Mamlakatimizning Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishdagi faol roli, shuningdek, dolzarb xalqaro masalalarni hal etishdagi konstruktiv ishtiroki alohida ta’kidlanmoqda.

Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport, energetika, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi amaliy hamkorlik izchil kengayib borayotgani yuksak baholanmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti va mamlakatimizning ko‘p millatli xalqiga tinchlik, farovonlik va ravnaq tilaklari bildirilmoqda. Maktub mualliflari do‘stlik munosabatlari va o‘zaro manfaatli sheriklik bundan buyon ham mustahkamlanib borishiga ishonch bildirmoqda.

O‘z qutlovlarini yo‘llaganlar:

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin,

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin,

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp,

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev,

Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov,

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon,

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov,

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev,

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on,

Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko,

Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi,

Eron Islom Respublikasi Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon,

Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif,

Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron,

Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer,

Shuningdek: 

Qozog‘iston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev,

Ozarbayjon Respublikasining Birinchi vitse-prezidenti Mehriban Aliyeva,

Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan,

Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud,

Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi, Bosh vaziri Muhammad bin Salmon Ol Saud,

Malayziya Podshohi Sulton Ibrohim,

Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim,

Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon,

Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum,

Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri o‘rinbosari, Prezident devoni raisi Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon,

Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon,

Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich,

Sloveniya Respublikasi Prezidenti Natasha Pirs-Musar,

Slovakiya Respublikasi Prezidenti Peter Pellegrini,

Latviya Respublikasi Prezidenti Edgars Rinkevichs,

Albaniya Respublikasi Prezidenti Bayram Begay,

Bolgariya Respublikasi Prezidenti Iliyana Yotova,

Avstriya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Van der Bellen,

Shveysariya Konfederatsiyasi Prezidenti Gi Parmelen,

Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Qiroli Charlz III,

Niderlandiya Qiroli Villem-Aleksandr,

Rim-katolik cherkovi rahbari Lev XIV,

San-Marino Respublikasi kapitan-regentlari Aliche Mina va Vladimiro Selva,

Yaponiya Imperatori Naruxito,

Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux,

Vetnam Sotsialistik Respublikasi Prezidenti To Lam,

Singapur Respublikasi Prezidenti Tarman Shanmugaratnam,

Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti Abdulmajid Tebbun,

Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos,

Mavritaniya Respublikasi Prezidenti Muhammad ash-Shayx al-G‘azvoniy,

Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Nurlan Yermekbayev,

Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev,

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Asad Majid Xon,

Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha,

Parlamentlararo ittifoq Bosh kotibi Anda Filip,

YuNESKO Bosh direktori Holid al-Ananiy,

BMT Bosh kotibining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari Kaxa Imnadze,

“Markaziy Osiyo – Xitoy” formati Bosh kotibi Sun Veydun,

Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi Hay’ati Raisi Bakitjan Sagintayev,

ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori Ularbek Sharsheyev,

Xalqaro migratsiya tashkiloti Bosh direktori Emi Poup,

Amerika Qo‘shma Shtatlari Kongressi Senati a’zosi Stiv Deyns,

Amerika Qo‘shma Shtatlari Kongressi Vakillar palatasi a’zolari Kerol Miller, Jo Vilson, Don Bekon, Ronni Linn Jekson, Ron Estes, Brayan Mast, Adam Smit va Ami Bera,

Ozarbayjon Milliy Majlisi deputati, O‘zbekiston madaniyati elchisi Gunay Afandiyeva o‘z tabriklarini yo‘llashdi.

Qutlovlar kelishda davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring