Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1-sentyabr Vashingtonda ham O‘zbekiston mustaqilligi kuni deb e’lon qilindi

1-sentyabr Vashingtonda ham O‘zbekiston mustaqilligi kuni deb e’lon qilindi

Foto: PAC Group

AQSh poytaxti Vashington shahrida 1-sentyabr O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb e’lon qilindi. Tegishli deklaratsiyani Vashington meri Myuriel Bauzer imzolagan.

Deklaratsiyada O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi, mamlakatning boy madaniy merosi, erishayotgan yutuqlari va xalqaro hamjamiyatdagi nufuzi e’tirof etilgan.

Hujjatda, shuningdek, O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi elchi Furqat Sidiqov rahbarligida shahar bilan hamkorlik qilib, uning ta’limiy va madaniy xilma-xilligini rivojlantirishga hissa qo‘shayotgani qayd etilgan.

«Biz butun dunyodagi o‘zbekistonliklar bilan birgalikda O‘zbekiston mustaqilligi kunini nishonlaymiz. Bu kun xalqlarimizni birlashtiradigan mustahkam do‘stlik, hamkorlik va umumiy intilishlarni sharaflaydi», — deyiladi deklaratsiyada.

Shu munosabat bilan O‘zbekistonning Vashingtondagi elchisi mer Myuriel Bauzerga minnatdorlik bildirdi.

Avvalroq Sietlda ham 1-sentyabr O‘zbekiston mustaqilligi kuni deb e’lon qilingan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring