Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyevning Narendra Modi bilan uchrashuvdagi bayonotidan asosiy fikrlar

Shavkat Mirziyoyevning Narendra Modi bilan uchrashuvdagi bayonotidan asosiy fikrlar

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha OAV vakillari uchun bayonotidan asosiy fikrlar:

Ochiq ruhda kechgan muloqotlar davlatlarimiz o‘rtasidagi samimiy do‘stlik, yuksak hurmat va o‘zaro ishonchning yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi;

Hindiston bizning jahon miqyosida katta obro‘-e’tibor va nufuzga ega bo‘lgan salohiyatli strategik sherigimizdir;

Hamkorligimiz yangi sifat darajasi – keng qamrovli strategik sheriklik bosqichiga ko‘tarildi;

Kelishuvlarimizning ijrosini to‘liq ta’minlash maqsadida Tashqi ishlar vazirlari darajasida alohida mexanizm yaratishga qaror qildik;

O‘tgan yili o‘zaro savdo aylanmasi hajmi 33 foizga o‘sib, 1,3 milliard dollardan oshdi, 2030 yilga qadar ushbu raqamni 5 milliardga yetkazmoqchimiz;

Hukumatlararo qo‘shma komissiya va Ishbilarmonlar kengashi faoliyatini yanada jadallashtirishga kelishdik;

Energetika, o‘ta muhim minerallar, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, elektronika, zargarlik va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi hamkorlik kuchaytiriladi;

BMT, ShHT, Qo‘shilmaslik harakati, BRIKS kabi nufuzli tuzilmalar va Global Janub doirasida bir-birimizni qo‘llab-quvvatlashni bundan keyin ham davom ettiramiz;

O‘zbek va hind xalqlarini bir necha ming yillik tarixiy, madaniy va ma’rifiy ildizlar chambarchas bog‘lab turadi;

O‘zaro madaniyat haftaliklari, kinofestivallar va boshqa yirik tadbirlarni o‘tkazish bilan birga yangi qo‘shma sayyohlik yo‘nalishlarini ham ishga tushiramiz;

30 kunlik vizasiz tartib joriy etilishi o‘zaro qatnovlarni yanada faollashtirishga xizmat qiladi;

Qabul qilingan hujjatlar, erishilgan kelishuvlar ijrosini to‘liq va o‘z vaqtida ta’minlash maqsadida keng qamrovli “yo‘l xaritasi” ishlab chiqiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring