Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda «Li 9» katta tezlikda YHTga uchradi

Toshkentda «Li 9» katta tezlikda YHTga uchradi

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida katta tezlikda harakatlangan «Lixiang L9» yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, voqea bugun, 30-sentyabr kuni soat 01:00 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Mustaqillik shoh ko‘chasi 42A-uy qarshisida ro‘y bergan. Unda BYD va «Lixiang L9» rusumli avtomashinalar o‘zaro to‘qnashib, YTH sodir etgan.

Bildirilishicha, YTH oqibatida «Lixiang L9» haydovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring