Nazorat inspeksiyasi Xitoy mahsulotiga taqiq qo‘ydi

Xitoyda ishlab chiqarilgan radiatorning importiga taqiq qo‘yildi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan Toshkent shahri, O‘rikzor bozorida sotilayotgan, Xitoyda ishlab chiqarilgan “Nawas” radiatori bo‘yicha nazorat xaridi amalga oshirildi.
O‘tkazilgan sinovlar natijasida ushbu radiator amaldagi standart talablariga javob bermasligi aniqlandi. Alyuminiy radiatorning suvga tegib turadigan devorining qalinligi me’yor bo‘yicha kamida 1,5 mm bo‘lishi kerakligi belgilangan bo‘lsa-da, amalda 1,42 mm ekani aniqlangan.
Shuningdek, isitish asboblari ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan maksimal ishchi bosimdan kamida 2,5 baravar yuqori bosimda statik mustahkamlikka sinovdan o‘tkazilganda, “Nawas” radiatori talabga javob bermadi. Me’yoriy hujjatlarga ko‘ra, namunalar 4,5 MPA (45,6 kgf/sm²) bosimga chidamli bo‘lishi kerak, biroq 4,0 MPA (40,3 kgf/sm²) bosimda sinov paytida radiator yuzasida yorilish kuzatildi.
Shu sababli, mazkur mahsulotning O‘zbekiston hududiga kirishiga taqiq qo‘yildi, deyiladi Nazorat inspeksiyasi xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter