2026 yildan litsenziya va ruxsatnomalarni olish tartibi yanada soddalashadi
Farmonga ko‘ra, () “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili doirasida:
- tadbirkor har bir xizmatdan o‘z tanlovi asosida ixtiyoriy ravishda foydalanadi;
- tanlangan xizmatlar bo‘yicha yagona QR kod orqali to‘lovni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.
2026 yil 1 yanvardan:
- YaTTlarga firma nomiga ega bo‘lishga ruxsat beriladi;
- tadbirkorlarning birlamchi ma’lumotlari o‘zgarganda ushbu ma’lumotlar bo‘yicha o‘zgartirishlar YaTT guvohnomasiga, litsenziya, ruxsatnoma va xabarnomalarga avtomatik tarzda bepul kiritiladi.
2026 yil 1 martdan:
- litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun yuridik shaxslarga jarima qo‘llanilganda, ularning mansabdor shaxslarini ma’muriy javobgarlikka tortish tartibi bekor qilinadi;
- “Litsenziya” axborot tizimida litsenziya va ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni olishda quyidagilarni nazarda tutuvchi ixtiyoriy dastlabki baholash xizmati yo‘lga qo‘yiladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter