Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Oyog‘iga o‘rab olgan 240 ming dollar bilan chegaradan o‘tmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Oyog‘iga o‘rab olgan 240 ming dollar bilan chegaradan o‘tmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi va DXX xodimlari hamkorligida «Navoiy» chegara bojxona posti orqali qo‘shni davlatga piyoda chiqib ketayotgan ikki nafar fuqaro tekshiruvdan o‘tkazildi.

Ma’lum qilinishicha, ularning xatti-harakatlari shubha uyg‘otgani sababli xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rik o‘tkazilgan.

Ko‘rik davomida fuqarolarning oyoqlariga skotch bilan o‘rab yashirilgan jami 240 ming AQSh dollari aniqlangan. Mazkur mablag‘lar og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ham ko‘rsatilmagan.

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tilishicha, jismoniy shaxslarga 100 million so‘m ekvivalentiga teng yoki undan kam miqdordagi naqd valyutani bojxona nazorati qoidalariga rioya qilgan holda O‘zbekistondan tashqariga olib chiqishga ruxsat beriladi. Bu tartib norezidentlarga ham tatbiq etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring