Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zmilliybank investorlarni Zomindagi Suffa platosida joylashgan «Shale» uslubidagi kottejlar loyihasi bo‘yicha hamkorlikka taklif etadi

O‘zmilliybank investorlarni Zomindagi Suffa platosida joylashgan  «Shale» uslubidagi kottejlar loyihasi bo‘yicha hamkorlikka taklif etadi

O‘zbekiston Milliy banki investorlarga Jizzax viloyati Zomin tumanidagi Suffa platosida joylashgan «Shale» turidagi kottejlar loyihasi bo‘yicha hamkorlikni taklif etadi.

Foydalanish maydonlari 110 m², 130 m² va 157 m² bo‘lgan 29 ta qulay kottejlar, shu jumladan:

- 6 ta ikki xonali kottejlar;

- 10 ta uch xonali kottejlar;

- 13 ta to‘rt xonali kottejlar.

Har bir kottejda zamonaviy kommunal qulayliklar (elektr energiyasi, sovuq suv, kanalizatsiya, ventilyasiya va konditsioner, isitish, yong‘in signalizatsiyasi, videokuzatuv va internetga ulanish) mavjud bo‘lib, shuningdek, maishiy texnika, oshxona jihozlari va mebellar bilan to‘liq jihozlangan.

Kottejlarning modulli konstruksiyasi Rossiyada ishlab chiqarilgan tabiiy yog‘ochdan tayyorlangan.

Hududning umumiy maydoni 6,2 gektar.

Hamkorlik shartlari:

Tahminiy bahosi: ob’yekt maydonidan kelib chiqqan holda, 4,2 mlrd. so‘mdan 5,5 mlrd. so‘mgacha.

To‘lov shartlari: 30% dastlabki to‘lov, qolgan 70% xarid shartnomasi imzolangandan kundan boshlab 3 oy ichida to‘lanadi.

Zarur hollarda investorga «O‘zmilliybank»dan mulk qiymatining 70 foizini qoplash uchun kredit ajratilishi mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumot olish yoki uchrashuv tashkil etish uchun «NBU Invest Group» AJga quyidagi manzil bo‘yicha murojaat qilishingiz mumkin: Toshkent sh., Mirobod tumani, 95 Ya. G‘ulomov ko‘chasi (8-qavat).

Telefon: +998 78 148-26-58, 90-319-07-58.

E-mail: info@nbuig.uz 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring