AQShning Braun universitetidagi otishmada o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
AQShning Rod-Aylend shtati, Providens shahrida joylashgan Braun universiteti hududida sodir bo‘lgan fojiali otishma oqibatida o‘zbekistonlik talaba Muhammadaziz Umurzoqov halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot kotibi Ahror Burhonov o‘z telegram-kanalida xabar berdi.
«Mazkur fojia oqibatida begunoh insonlarning hayotdan ko‘z yumgani barchamiz uchun og‘ir yo‘qotishdir.
O‘zbekiston Respublikasining AQShdagi vakolatxonalari vakillari marhumning qarindoshlari bilan doimiy aloqada bo‘lib, AQShning tegishli idoralari bilan hamkorlikda barcha masalalar yuzasidan yaqindan ish olib bormoqda», — deyiladi xabarda.

«Xabar.uz» jamoasi marhumning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Avvalroq Braun universiteti hududida sodir bo‘lgan otishma oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani va sakkiz kishi jiddiy jarohat olgani haqida xabar bergandik.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter