Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh elchisi o‘zbekistonlik talaba vafoti yuzasidan hamdarlik bildirdi

AQSh elchisi o‘zbekistonlik talaba vafoti yuzasidan hamdarlik bildirdi

13-dekabr kuni AQShda sobir bo‘lgan otishmada Braun universiteti talabasi O‘zbekiston fuqarosi Muhammad Aziz Umurzoqov vafot etgandi. Uning vafoti yuzasidan Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Henik ta’ziya izhor qildi.

«Muhammad Aziz Umurzoqovning fojiali vafot etgani haqidagi xabarlar meni chuqur qayg‘uga soldi. Biz Aziz Umurzoqovning oila a’zolari, do‘stlari va kursdoshlariga samimiy hamdardlik bildiramiz hamda uning porloq orzulari amalga oshmay qolganidan cheksiz qayg‘udamiz.

Marhumni Xudo rahmat qilsin», – degan elchi Jonatan Henik.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston TIV axborot xizmati ham o‘zbekistonlik talaba vafoti haqidagi xabarlarni tasdiqlab, ta’ziya bildirgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring