Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda pochta va kurerlik xizmatlari hajmi 4,2 trln so‘mga yetdi

O‘zbekistonda pochta va kurerlik xizmatlari hajmi 4,2 trln so‘mga yetdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda pochta va kurerlik xizmatlari hajmi 4,2 trln so‘mni tashkil etgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,2 foizga oshgan. Xizmatlar hajmining eng katta qismi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Poytaxtda olti oyda 2,3 trln so‘mlik pochta va kurerlik xizmatlari ko‘rsatilgan. Bu ko‘rsatkich ikkinchi o‘rindagi Samarqand viloyati natijasidan qariyb 5 barobar yuqori.

Samarqand viloyatida xizmatlar hajmi 462,2 mlrd so‘m, Farg‘onada 300,6 mlrd so‘m, Toshkent viloyatida 289,9 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Qashqadaryo viloyatida pochta va kurerlik xizmatlari hajmi 260,4 mlrd so‘mga yetgan. Andijonda bu ko‘rsatkich 167,3 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Namanganda 112,1 mlrd so‘m, Xorazmda 55,8 mlrd so‘m, Surxondaryoda 54,3 mlrd so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan.

Buxoro viloyatida xizmatlar hajmi 49,6 mlrd so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 44,4 mlrd so‘m, Sirdaryoda 37,8 mlrd so‘m bo‘lgan.

Navoiy viloyatida 33,5 mlrd so‘m, Jizzax viloyatida esa 32,3 mlrd so‘mlik pochta va kurerlik xizmatlari ko‘rsatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring