O‘zbekistonda xorijiy korxonalar soni 19 mingtadan oshdi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning 1-aprel holatiga O‘zbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokida jami 19 072 ta korxona faoliyat yuritmoqda.
Ularning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha soni quyidagicha:
- savdo sohasida — 6 814 ta;
- sanoat sohasida — 3 831 ta;
- qurilish sohasida — 1 544 ta;
- axborot va aloqa sohasida — 1 488 ta;
- yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida — 839 ta;
- tashish va saqlash sohasida — 601 ta;
- qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida — 485 ta;
- sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida — 225 ta;
- boshqa sohalarda — 3 245 ta.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter