Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning 28 turdagi mahsuloti Xitoy davlat reyestridan o‘tkazildi

O‘zbekistonning 28 turdagi mahsuloti Xitoy davlat reyestridan o‘tkazildi

Foto: O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi

Xitoyning Sian shahrida 20-25-may kunlari o‘tkazilayotgan Hududlararo forum doirasida «Made in Uzbekistan» milliy brendi ostida ko‘rgazma tashkil etildi.

Mazkur ko‘rgazmada O‘zbekistonning eksportbop 42 turdagi sara va qayta ishlangan mahsulotlari namoyish etilmoqda. Xususan, ziravorlar, margarin mahsulotlari, quritilgan meva-sabzavotlar, dukkakli mahsulotlar, vino mahsulotlari hamda boshqa oziq-ovqat turlari xitoylik tadbirkorlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Ayni paytda O‘zbekistonning 82 ta kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 28 turdagi mahsulot Xitoy davlat reyestridan muvaffaqiyatli o‘tkazilgan.

Forum doirasida tashkil etilgan B2B uchrashuvlari natijasida Xitoyning «Randesi», «Sani», «Leato» kabi yirik savdo kompaniyalari bilan umumiy qiymati 20 million dollarlik kelishuvlarga erishildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring