Iyun oyi va yoz faslida ob-havo qanday o‘zgaradi?
Iyun oyi va yoz faslida ob-havo qanday o‘zgaradi?
Joriy yilda yoz beqaror va o‘rtacha iliq ob-havo bilan boshlanadi. 1-3-iyun kunlari respublikaning ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat asosan kechalari 15-20 daraja, kunduz kunlari 30-35 daraja bo‘ladi.
Keyinchalik oy oxirigacha harorat asosan kechalari 18-23 daraja bo‘ladi, kunduz kunlari 29-34 darajadan 34-39 darajagacha o‘zgarib turadi, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ayrim kunlarda 40-42 darajagacha bo‘ladi.
Oyning birinchi yarmida ayrim kunlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Bu yilgi yoz qanday bo‘ladi? U ekstremal issiq bo‘ladimi? Bu savol oson emas.
Amerika iqlim prognozlari markazining so‘nggi byulleteniga ko‘ra, 2026-yil may oyida El-Nino hodisasi boshlanishining birinchi aniq belgilari (Tinch okeanida suv haroratining keskin ko‘tarilishi) qayd etildi, bu esa sayyoramizda global havo haroratining keyingi oshishiga sabab bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda bircha iqlim tizimi neytral deb hisoblanadi, ammo okeandagi suv harorati juda yuqori tezlikda ko‘tarilmoqda. Bu dunyoning yetakchi mavsumiy prognozlash markazlari tomonidan 2026-yil yozi issiq bo‘lishi prognozlari bilan bog‘liqdir.
Bu O‘zbekiston uchun nimani anglatadi?
O‘zbekistonda yoz an’anaviy ravishda quruq va issiq bo‘ladi – bu O‘rta Osiyo iqlimining o‘ziga xos xususiyatidir. Bundan tashqari, so‘nggi 15 yil davomida yoz fasllari o‘rtacha harorati ko‘tarilishining barqaror tendensiyasi kuzatilmoqda
Jahon prognoz markazlari hisob-kitoblariga asoslangan holda O‘zgidrometning dastlabki baholashiga ko‘ra, joriy yilda yozning o‘rtacha harorati me’yordan biroz yuqori bo‘lishi mumkin.
Yozgi mavsum davomida ekstremal qiymatlarga yaqin bo‘lgan juda issiq ob-havo davrlari bo‘lishi kutilmoqda. Yoz o‘rtalarida eng issiq kunlarda havo harorati 42-44 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 45-47 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter