Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AES narxi mahalliylashtirish orqali kamaytiriladi — O‘zatom

AES narxi mahalliylashtirish orqali kamaytiriladi — O‘zatom

© Sputnik

O‘zbekistonda quriladigan atom elektr stansiyasining yakuniy narxi hali aniqlanmagan.

Jizzaxda AES qurilish xarajatlari mahalliylashtirishning yuqori darajasi orqali imkon qadar kamaytiriladi. Bu haqda “O‘zatom” direktori Azim Axmedxadjayev Moskvada bo‘lib o‘tgan Jahon atom haftaligi davomida Spot nashriga ma’lum qildi.

"Qiymat hali aniqlanmagan. Qurilishning ma’lum parametrlari bor. Loyiha yagona maydonda umumiy infratuzilma bilan amalga oshirilayotganligi sababli u imkon qadar optimallashtiriladi. Buning natijasida biz xarajatlarni sezilarli darajada optimallashtirishga (kamaytirishga – tahr.) erishmoqdamiz. Biroq yakuniy xarajatlar mahalliy va xalqaro mutaxassislar hamda O‘zbekistondagi manfaatdor tuzilmalarni jalb qilgan holda, barcha kerakli kalkulyasiyalardan so‘ng aniqlanadi”, - dedi “O‘zatom” rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomoni O‘zbekistonning AES loyihasi narxini optimallashtirish borasidagi sa’y-harakatlarini tushunadi va buyurtmachi talablariga peshvoz chiqmoqda.

Axmedxadjayevning ta’kidlashicha, “mahalliylashtirishning yuqori darajasiga” erishilgan taqdirda “O‘zatom” loyihaning yakuniy qiymati bilan maqtana oladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring