Amerikalik aktyor Piter Grin 60 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Piter Grin 12-dekabr kuni Nyu-Yorkdagi xonadonida o‘lik holda topildi. U 60 yoshda edi.
Politsiya bayonotiga ko‘ra, Grinning o‘limida kuch ishlatish alomatlari topilmadi, biroq o‘lim sababi sud-tibbiyot xulosasidan so‘ng ma’lum bo‘ladi.
Piter Grin kinoda salbiy qahramonlari bilan tanilgan. Ayniqsa, «Jinoiy asar» (1994), «Niqob» (1994), «Qamalda-2» (1995), «Javohir politsiyachi» (1999) filmlaridagi rollari bilan tomoshabinlar yodida qolgan.
Aktyorning menejeri aytishicha, yanvar oyida Grin «Tumorlar» filmida Mikki Rurk bilan birga suratga tushishni boshlashi kutilayotgandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter