Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda elektr korxonasi xodimi qo‘lga olindi

Andijonda elektr korxonasi xodimi qo‘lga olindi

Foto: Prokuratura departamenti.

Andijon viloyatida elektr energiyasidan qarzdorligini yo‘q qilib berishini va’da qilgan ETK elektromontyori ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oltinko‘l tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon shahar “Bobur” ETK elektromontyori N.M. fuqaro M.Z.ning xonadonida elektr energiyasidan 7,8 mln so‘m qarzdorligini yo‘q qilib berishi evaziga 4 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring