Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bahodir Yunusov MTRK raisi o‘rinbosari etib tayinlandi

Bahodir Yunusov MTRK raisi o‘rinbosari etib tayinlandi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bahodir Yunusov O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Shu munosabat bilan u Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti sho‘’ba mudiri lavozimidan ozod etildi. U 2024-yil mazkur lavozimga tayinlangandi.

Bahodir Yunusov Prezident matbuot xizmati bosh konsultanti lavozimida ham ishlagan.

Undan avval ko‘p yillar davomida O‘zbekiston MTRK tizimida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan, so‘ng Vazirlar Mahkamasining departamentlaridan birida ham ishlagan. 2017-yilda MTRK raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring