Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dam olish kunlari harorat 37 darajagacha ko‘tariladi

Dam olish kunlari harorat 37 darajagacha ko‘tariladi

Foto: Xabar.uz

«O‘zgidromet» dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumotini taqdim etdi. 

Bugun kunduzi Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 28-33 daraja atrofida, janubda 34-36 darajagacha bo‘ladi. 

6-7-iyun kunlari Respublikaning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat 6 iyunda Farg‘ona vodiysi viloyatlari va 7-iyunda Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 

Havo harorati ushbu kunlarda asta-sekinlik bilan ko‘tarilib, yakshanba kuni kunduzi 34-37 darajagacha yetadi. 

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Respublikaning shimolida 7-iyunda 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. 

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 5-7-iyun kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Sel suv-toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. 

Toshkentda: bugun kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 30-32 daraja bo‘ladi. 

Shanba va yakshanba kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduz kuniga harorat shanba kuni 30-32 daraja, yakshanba kuni 34-36 daraja bo‘ladi. 

Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 10-12 m/s gacha kuchayadi, shaharning ayrim joylarida chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring