Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nega yozda bosh ko‘p og‘riydi? Bundan qutulish oson

Nega yozda bosh ko‘p og‘riydi? Bundan qutulish oson

Illyustrativ foto

Kunlar isishi bilan inson tanasidan ter ajralishi kuchayadi, oqibatda organizmda suv yetishmay qolishi mumkin. Shifokor-nevrologlarning ta’kidlashicha, yozda kuzatiladigan bosh og‘riqlarining eng asosiy sabablaridan biri — suyuqlik tanqisligi.

Organizmga suv yetishmasligi, o‘z navbatida, miyaning qon bilan ta’minlanishiga ta’sir qiladi. Qon reologiyasi, ya’ni oquvchanligi susayib, barcha a’zolar, jumladan, eng ko‘p energiya sarflovchi organ — bosh miyaning qon bilan ta’minlanishi yomonlashadi. Bosh og‘rishi shundan.

Yoz faslida sutkasiga 2-2,5 litrgacha suv ichish kerak. Shunda mavsumiy bosh og‘riqlaridan qutulish mumkin. Qishki sutkalik suv me’yori esa 1,5-2 litr.

Biroq bu tavsiyalar sog‘lom odamlar uchun! Agarda yurak yoki buyrak xastaliklariga chalinganlar bo‘lsa, ko‘p miqdordagi suv ularga aks ta’sir qilishi ham mumkin. Albatta shifokor bilan maslahatlashing.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring