Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ertadan metan zapravkalar faoliyatiga yana cheklov kiritiladi

Ertadan metan zapravkalar faoliyatiga yana cheklov kiritiladi

Foto: Xabar.uz

Ertaga, 8-yanvardan boshlab metan zapravkalar soat 10:00 dan 16:00 ga qadar faoliyat yurita boshlaydi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi

Magistral gaz quvurlarida bosim pasayishi kuzatilayotganligi sababli bir qator zarur choralar ko‘rilmoqda. 

Shu bois, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha ob’yektlarini tabiiy gaz barqaror ta’minlash maqsadida mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan reja-grafiklarga asosan metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritilmoqda. 

Farg‘ona vodiysida metan zapravkalarning ish vaqti hokimliklar bilan kelishilgan holda, gaz bosimidan kelib chiqib amalga oshiriladi. 

Buning asosiy sababi — gaz bosimi pasaygan vaqtlarda vazirlik va hokimliklar tomonidan birinchi navbatda aholi, jamoat transportlari hamda ijtimoiy soha ob’yektlarini tabiiy gaz (yoqilg‘i) bilan uzluksiz ta’minlash. Ya’ni, jamoat transportining barqaror ishlashi, ijtimoiy ahamiyatga ega ob’yektlar hamda aholi ehtiyojlarini qondirish ustuvor vazifa hisoblanadi. 

Shu bois, gaz ta’minotidagi umumiy holat, bosim darajasi va iste’mol hajmidan kelib chiqqan holda metan zapravkalarning ish rejimi mahalliy hokimliklar bilan kelishiladi. Bu chora gaz resurslaridan oqilona foydalanish va barqaror ta’minotni ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. 

Bu zaruriy choralar vaqtincha bo‘lib, gaz bosimini me’yorga keltirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilayotganini ma’lum qilingan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring