Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘ona viloyatida ta’magirlikda gumonlangan muhandis qo‘lga olindi

Farg‘ona viloyatida ta’magirlikda gumonlangan muhandis qo‘lga olindi

Foto: Prokuratura departamenti

Farg‘ona viloyatida ETK muhandisi ushlandi. Bu haqda Prokuratura departamenti xabar berdi. 
 
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘shtepa tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Qo‘shtepa tumani ETK muhandisi D.T. fuqaro S.Q.ning “Xumdon” MFY hududidagi issiqxonasida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga hisoblagichdan tashqari ulanganligi holati yuzasidan tuzilgan dalolatnomani yo‘q qilib berishi evaziga 3 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
 
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq «Jizzax suv ta’minoti»ning ikki xodimi tezkor tadbirlarda qo‘lga olingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring