Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ekologiya qo‘mitasi qurilish tashkilotlarini qat’iy ogohlantirdi

Ekologiya qo‘mitasi qurilish tashkilotlarini qat’iy ogohlantirdi

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi hamda Hukumat qaroriga muvofiq, barcha qurilish tashkilotlari hamda atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi korxonalar atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga qat’iy rioya etishi shartligi qat’iy tarzda bildirildi.

Qurilish tashkilotlari chang va qumning havoga ko‘tarilishiga yo‘l qo‘ymasligi, kirish-yo‘laklarga suv purkagichlar o‘rnatishi, avtotransport g‘ildiraklarini yuvish uchun maxsus shoxobcha tashkil etishi va maydonlarni himoya to‘siqlari bilan jihozlashi majburiy hisoblanadi. Bu talablarga amal qilinmasa, ma’muriy jazo choralari qo‘llanilishi va faoliyat 10 ish kunigacha to‘xtatilishi mumkin.

Shu bilan birga, Prezident farmoni va Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq, I va II toifaga kiruvchi korxonalar 2026 yilga qadar avtomatik monitoring stansiyalari, samarali chang-gaz tozalash uskunalari va sanitar himoya zonalarida nazorat postlarini joriy etishi shart. Majburiyatlar bajarilmasa, kompensatsiya to‘lovlari 5 baravarga oshiriladi.

Qonunchilikka ko‘ra, meteorologik sharoitlar noqulay bo‘lishi kutilganda korxonalar zararli tashlamalarni kamaytirishi shart. Shuningdek, 1 dekabrga qadar atmosferaga chiqarilayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdorini 2 baravarga qisqartirish talabi qo‘yildi.

Ushbu talablar bajarilmagan taqdirda, korxonalarga ma’muriy choralar, faoliyatni to‘xtatish va zarurat bo‘lsa jinoiy javobgarlik qo‘llanilishi mumkin.

Hukumat barcha tashkilotlarni ekologik talablarga so‘zsiz rioya etishga chaqirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring