Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maktab kutubxonalari har yili 10 mln dona badiiy adabiyotlar bilan ta’minlab boriladi

Maktab kutubxonalari har yili 10 mln dona badiiy adabiyotlar bilan ta’minlab boriladi

2026-yili «mahallada sanoat va xizmat» loyihasi orqali 10 mingdan ziyod ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish loyihalarini ishga tushirish uchun 5 trillion so‘m kredit beriladi.

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z Murojaatnomasida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, kredit foizining milliy valyutada 10 foizgacha, xorijiy valyutada 4 foizgacha qismi Tadbirkorlik kompaniyasidan qoplab beriladi. Natijada mahallalarda 100 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Har bir mahallada 40 tadan mikro loyihani amalga oshirib, 360 ming aholini ishli qilish uchun mahalla bankirlari va hokim yordamchilariga 2026-yilda yana 7,5 trillion so‘m resurs ajratiladi.

Yangi yilda mahallalardagi aholini, xususan, xotin-qizlarni sportga keng jalb etish, buning uchun zarur infratuzilmani yaratish bo‘yicha uch yillik dastur qabul qilinib, bunga 1 trillion so‘m yo‘naltiriladi.

Mahalla yoshlarining kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida maktab kutubxonalari har yili 10 million dona badiiy adabiyotlar bilan ta’minlab boriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring