Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nurafshon shahriga yangi hokim tayinlandi

Nurafshon shahriga yangi hokim tayinlandi

Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Toshkent viloyati Nurafshon shahriga hokim tayinlandi

Nurafshon shahrida Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 

Sessiya ishida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha galdagi muhim vazifalar yuzasidan ma’ruza qildi. 

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. 

Shahar hokimi lavozimida ishlab kelgan Klichxanov Ilhom Mahmudjonovich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. 

Zoyir Mirzayev Nurafshon shahar hokimi lavozimiga hozirga qadar Olmaliq shahar hokimi vazifasida xizmat qilib kelgan Hamdamov Qobil Murodqulovich nomzodini tavsiya qildi. 

Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi sessiyasida Hamdamov Qobil Murodqulovich shahar hokimi etib tasdiqlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring