Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijon viloyati hokimiga o‘rinbosarlar tayinlandi

Andijon viloyati hokimiga o‘rinbosarlar tayinlandi

Foto: Andijon viloyati hokimligi

Otabayev Abdusattor Xalimjonovich Andijon viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi. 

Otabayev Abdusattor Xalimjonovich 1976-yilda Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 1998-yilda Namangan muhandislik pedagogika institutini (kunduzgi) tamomlagan.

Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar, 51411-sonli harbiy qismi kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchisi vazifasida faoliyat olib borgan.

Ismoilov Elmurod Ro‘ziboyevich Andijon viloyat hokimining o‘rinbosari-viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Ismoilov Elmurod Ro‘ziboyevich 1987-yilda Asaka tumanida tug‘ilgan. 2014-yilda Andijon qishloq xo‘jaligi institutini (kunduzgi) tamomlagan.

Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar, Andijon viloyati hokimligi investitsiyalar, sanoat va savdo masalalari bo‘yicha kotibiyati mudiri vazifasida faoliyat olib borgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring