Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namangan shahri sobiq hokimi 11 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Namangan shahri sobiq hokimi 11 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Foto: Namangan shahri hokimligi

Namangan shahri sobiq hokimi 11 yilga qamaldi. Bu haqda Farg‘ona viloyati sudlari ma’lumot berdi. 

Jinoyat ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tuman sudining 2026-yil 7-avgustdagi hukmi bilan Anvar Otaxo‘jayev (1972-yilda tug‘ilgan, Namangan shahar hokimi lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi, 168-moddasi 3-qismi “v” bandi, 205-moddasi 2-qismi “a” bandi, 206-moddasi 2-qismi “a” bandi, 207-moddasi 1-qismi, 209-moddasi 2-qismi “a” bandi va 210-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.

Unga jinoyat kodeksining 59-moddasi 3-qismi tartibida uzil-kesil 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan ishlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Jinoyat ishi bo‘yicha 3 nafar sudlanuvchiga 7 yildan 10,5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, 2 nafariga 2 yil 6 oy muddatga axloq tuzatish ishlari hamda 1 nafar sudlanuvchiga 3 yilga ozodlikni cheklash jazolari tayinlandi.

Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Farg‘ona viloyat sudiga apellyasiya/kassatsiya tartibida shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi ma’lum qilinadi.

Anvar Otaxo‘jayev 2025 yil sentyabrda tezkor tadbirda qo‘lga olingandi. U 60 ming dollar pora olishda gumonlanib ushlangandi. Otaxo‘jayev Namangan shahar hokimi lavozimiga 2023 yil dekabrida tayinlangandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring