Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oktyabr oyida bizni qanday ob-havo kutmoqda? Meteorologlar ma’lumoti

Oktyabr oyida bizni qanday ob-havo kutmoqda? Meteorologlar ma’lumoti

Foto: Xabar.uz

Oktyabr oyida ob-havo qanday bo‘ladi? Gidrometeorologiya xizmati bu haqda ma’lumot berdi.

2025-yilning oktyabr oyi ob-havoning keskin o‘zgarishi bilan boshlanadi. 

Sentyabr oyi oxirida kuzatilgan iliq ob-havodan so‘ng, 1–2-oktyabr kunlari O‘zbekiston hududida ushbu mavsumdagi birinchi kuzgi sovuq kirib kelishi kuzatiladi. Respublika shimolida, markaziy va sharqiy viloyatlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.

Havo harorati kunduz kunlari +18…+21, kechalari +8…+13, respublika shimolida kunduz kunlari +13…+16, kechalari +4…+5 darajagacha pasayadi.

3-oktyabr kuni faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi saqlanib turadi. 4–10-oktyabrda butun respublika bo‘yicha asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati 5–7 darajaga ko‘tariladi. Kunduz kunlari havo +23…+26 darajagacha isiydi.

Oyning ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarida ayrim kunlarda (2–3 kun) ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechalari +10…+15 darajadan +5…+10 darajagacha (respublika shimolida +2 darajagacha bo‘lishi mumkin), kunduz kunlari +23…+28 darajadan +15…+20 darajagacha o‘zgarib turadi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring