Onlayn xaridlar uchun yangi bojxona to‘lovlari joriy etiladi
PQ-136-son Prezident qarori bilan 2026-yil 1-iyuldan 2028-yil 1-iyulga qadar huquqiy eksperiment tariqasida rezidentlar va norezidentlar tomonidan jismoniy shaxslarning shaxsiy ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan tovarlarni maxsus elektron savdo platformalari orqali chakana sotish uchun ularni vaqtincha saqlashga mo‘ljallangan bond ombori faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Unga ko‘ra:
- bond ombori erkin ombor faoliyatini litsenziyalash tartibi asosida tashkil etiladi;
- bond omboridan tovarlarni sotish maxsus elektron savdo platformasi orqali amalga oshiriladi;
- bond omboriga tovarlar erkin ombor bojxona rejimiga muvofiq joylashtiriladi hamda ushbu tovarlarni jismoniy shaxslarning shaxsiy ehtiyoji uchun chakana sotishga ruxsat beriladi;
- respublika hududidan bond omboriga maxsus elektron savdo platformalari orqali chakana sotish uchun mo‘ljallangan tovarlarni joylashtirishga ruxsat etilmaydi, bundan respublika hududidan tashqariga olib chiqish uchun mo‘ljallangan tovarlar mustasno.
Hujjatga muvofiq, endi bond omborlaridan tovarlarni maxsus elektron savdo platformalari orqali jismoniy shaxslarga sotishda 5 ta pozitsiyadagi tovarlar, jumladan, smartfon, noutbuk, planshet, kolonka, mikser, sharbat chiqargich, soch quritish uskunasi, elektr choynak, multipishirgichlar, dazmol va boshqa tovarlar bond omboridan tovarlarni sotish maxsus elektron savdo platformasi orqali xarid qilinganda, 5 foiz miqdorida yagona bojxona to‘lovi to‘lanadi.
Shuningdek, bond omboridan tovarlarni sotish maxsus elektron savdo platformasi orqali xarid qilingan 30 ta pozitsiyadagi tovarlar, jumladan, kiyim-kechaklar, poyabzal, soatlar, xotira qurilmalari, quvvatlagich, fonar, quloqchin, monitor va proyektorlar, videoo‘yin apparatlari kabi tovarlar uchun esa qo‘shilgan qiymat solig‘i va 3 foiz miqdorida bojxona boji to‘lanadi.
Shu bilan birga, oyiga 200 dollargacha bo‘lgan tovarlarni bojsiz olib kirish tartibi saqlanib qoladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter