O‘tgan yili 2,2 ming kishi qo‘shmachiligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan
2025-yilda Jinoyat kodeksining 131-moddasi (qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) bilan 2 201 nafar shaxsga nisbatan ayblov hukmlari chiqarilgan.
Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ularga sodir etgan qilmishlari uchun jarima, o‘z vaqtida axloq tuzatish ishlari, majburiy jamoat ishlari, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish kabi jazolar tayinlangan.
Shuningdek, 26 nafar shaxs shartli hukm qilingan.
Ushbu jinoyat turi bilan bog‘liq eng ko‘p ishlar Farg‘ona, Toshkent, Andijon, Samarqand va Namangan viloyatlarida ko‘rilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter