Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston Oliy sudiga yangi sudyalar saylandi

O‘zbekiston Oliy sudiga yangi sudyalar saylandi

Foto: Senat

Senatning 14-yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartishlar kiritish masalasi ko‘rib chiqildi.

Qayd etilishicha, Akram Shukurov sudyalik lavozimida bo‘lishning muddatsiz davriga tayinlandi. Shu bilan birga, u besh yil muddatga Oliy sud raisi o‘rinbosari – sudlov hay’ati raisi lavozimiga saylandi.

Shuningdek, Bahodir Abdullayev, Sobirjon Ergashev, Begzod Xaydarov va Nozimjon Jo‘rayev o‘n yillik muddatga Oliy sud sudyasi lavozimiga saylandi. Akmal Murodov va Odil Normahmatov esa sudyalik lavozimida bo‘lishning muddatsiz davriga tayinlandi.

Bundan tashqari, bir qator sudyalar lavozimidan ozod etildi. Jumladan, boshqa ishga o‘tganligi sabab Dilshod Rajabov, Kamoliddin Tollibayev, Anvar Elmurodov va Elbekjon Turgunboyev Oliy sud sudyasi lavozimidan ozod qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring