O‘zbekistonda o‘rmonlar maydoni 10 foizdan 15 foizga oshiriladi
Hozirgi vaqtda o‘rmonlar O‘zbekiston hududining qariyb 10 foizini egallaydi. Bu esa mamlakatni yanada ko‘kalamzorlashtirish uchun qo‘shimcha sa’y-harakatlar va investitsiyalar zarurligini ko‘rsatadi. BMTning O‘rmonlar bo‘yicha forumi raisi Ismoil Belen aynan shu masalaga urg‘u qaratib o‘tdi.
– Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonda keng ko‘lamli umummilliy ko‘kalamzorlashtirish dasturi — “Yashil makon” tashabbusi amalga oshirilmoqda. Bu juda muhim tashabbus bo‘lib, yaqin istiqbolda o‘rmonlar maydonini 10 foizdan 15 foizgacha oshirishga qaratilgan.

Men O‘zbekistonga bir necha bor kelganman, jumladan, Orol dengizining qurigan tubiga borib, u yerdagi keng ko‘lamli o‘zgarishlarga ishlarga shaxsan guvoh bo‘lganman. Tarixan O‘zbekiston Markaziy Osiyoda yirik tashabbus va dasturlarni amalga oshirishda yetakchi bo‘lib kelgan. Ishonchim komilki, agar bu sa’y-harakatlar davom ettirilsa hamda inson va tabiatga yo‘naltirilgan investitsiyalar saqlab qolinsa, O‘zbekiston yashil Markaziy Osiyo yetakchisiga aylanishi mumkin, – deya ta’kidlab o‘tdi BMT mutasaddisi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter