Prokuratura Surxondaryo va Farg‘onada yerfurushlarni ushladi
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyati boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqaro K.M. Jarqo‘rg‘on tumani “Guliston” MFY hududidagi davlat zaxirasidagi 70 sotix yer maydonini fuqaro Sh.A.ga 170 mln so‘mga sotishga kelishib, yer maydoni hujjatlarini go‘yoki kadastrlar filialida ishlovchi tanishi orqali rasmiylashtirib berishni aytib, 170 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Rishton tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.A. o‘ziga ajratilgan dehqon xo‘jaligiga mo‘ljallangan jami 15 sotix sug‘oriladigan yer maydonining toifasini 22 500 AQSh dollari evaziga fuqaro O‘.O.ning nomiga turar-joy sifatida o‘zgartirib berishini aytib, kelishilgan puldan 12 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter