Qimmatbaho toshlarni noqonuniy o‘tkazganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi
Qimmatbaho toshlarni qonunga xilof ravishda o‘tkazganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilandi.
Qonun (O‘RQ–1138-son, 21.04.2026-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi.
Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, qimmatbaho metallar va (yoki) qimmatbaho toshlarni qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilandi.
Shuningdek, Jinoyat kodeksining VIII bo‘limiga «Qimmatbaho metallar» hamda «Qimmatbaho toshlar» atamalarining huquqiy ma’nosi kiritildi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, qimmatbaho metallar va (yoki) qimmatbaho toshlarni qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish quyidagicha jazolanadi:
— qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar musodara qilinib, 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga yoki o‘ziga nisbatan ma’muriy qamoq qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan shaxslarga BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter