Atom energiyasidan foydalanish sohasida vakolatli davlat organi belgilandi
«Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi atom energiyasidan foydalanish sohasidagi vakolatli davlat organi ekanligi belgilandi.
Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, Energetika vazirligi o‘z vakolatlari doirasida vakolatli davlat organi bilan birgalikda atom elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasini hisobga olgan holda elektr energiyasini ishlab chiqarish va iste’mol qilishning balansini ishlab chiqadi, shuningdek atom energiyasidan foydalanish sohasiga doir davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi.
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter