Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qishloq xo‘jaligi ekinlarini sovuqdan asrash bo‘yicha tavsiyalar berildi

Qishloq xo‘jaligi ekinlarini sovuqdan asrash bo‘yicha tavsiyalar berildi

Ayni kunlarda ob-havo haroratining keskin pasayib, sovuq tushishi munosabati bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutaxassislari ekinlarni sovuqdan asrash bo‘yicha tavsiyalari bilan bo‘lishdi.

Jumladan, sovuqning qishloq xo‘jaligi ekinlariga salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida vazirlik va uning tizimidagi ilmiy tadqiqot institutlari olimlari tomonidan to‘qsonbosti usulidagi piyoz va boshqa ekinlarni sovuqdan himoya qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilib, dehqon va fermerlarga yetkazilgan.

Shuningdek, tajribali dehqon va fermerlar ko‘p yillik amaliyotlariga asoslangan holda ekinlarni sovuqdan saqlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rmoqda. Bu jarayonda ekinlarning sovuqqa chidamliligiga qarab ularni to‘g‘ri parvarishlash katta ahamiyatga ega.

Sabzavot ekinlarini sovuqbardoshligiga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

  • Sovuqbardosh va qishga chidamli ekinlar: piyoz, sarimsoqpiyoz, shovul, rovoch, yerqalampir kabi ekinlar. Ular -10 darajadan -15 darajagacha, qor ostida esa -20 darajadan -25 darajagacha bo‘lgan sovuqqa bardosh berishi mumkin.
  • Qisqa muddatli sovuqdan himoya talab etmaydigan ekinlar esa tabiiy sharoitda qattiq sovuqqa ham bardosh bera oladi.

Qisqa muddatli sovuqdan keyingi agrotexnik chora-tadbirlar sifatida sovuq kunlar o‘tib, ekinlarni «stress» va «shok» holatidan chiqarish uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi lozim:

  •  Qo‘shimcha oziqlantirish

Ekinlarni mikroyelementlar va aminokislotalarga boy preparatlar bilan oziqlantirish zarur. Viusid, Biotrac kabi bor elementi mavjud ozuqalarni bargdan oziqlantirish uchun ishlatish yaxshi natija beradi.

  • Azotli o‘g‘itlardan foydalanish

Ekinlarning o‘sish jarayonini tezlashtirish maqsadida tez ta’sir etuvchi sulfat ammoniya kabi azotli mineral o‘g‘itlardan foydalanish tavsiya etiladi.

  • Issiqlikni saqlash choralari

Havo harorati past bo‘lsa, ekinlarni egat ustiga shaffof plyonka bilan yopish orqali himoya qilish mumkin.

  • Sug‘orish va tuproq namligini saqlash

Tuproqdagi namlikni saqlash va sovuq ta’sirini kamaytirish uchun sug‘orishni muntazam amalga oshirish kerak.

Barcha agrotexnik tadbirlar intensiv usulda va qisqa muddat ichida bajarilishi lozim. Bu kabi amaliyotlar nafaqat ekinlarni sovuqdan himoya qilishga yordam beradi, balki hosildorlikni saqlab qolishda ham muhim o‘rin tutadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring