Raqobat qo‘mitasi savdo tarmoqlarini Qurbon hayiti arafasida narxlarni oshirmaslikka chaqirdi
Raqobat qo‘mitasi yirik savdo tarmoqlari va savdo majmualarini Qurbon hayiti arafasida narxlarni asossiz oshirmaslikka chaqirdi.
Qo‘mita respublika hududidagi yirik savdo tarmoqlari hamda savdo majmualarini aholi talabi keskin ortishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash yuzasidan ogohlantirdi.
Shuningdek, yetkazib beruvchi korxonalar tomonidan narxlarni o‘zgartirish, logistika xarajatlari yoki narx oshishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan boshqa omillar haqida Qo‘mitani tezkor tarzda xabardor qilib borish zarurligi ta’kidlandi. Chakana savdo tarmoqlari va savdo komplekslariga yetkazib beruvchilar tomonidan narxlarni asossiz oshirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter