Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkatjon Turdimov yuqori lavozimga tayinlandi

Shavkatjon Turdimov yuqori lavozimga tayinlandi

Foto: Toshkent viloyati hokimligi.

Shavkatjon Turdimov Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent viloyati boshqarmasini boshqaradi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar berdi

Turdimov Shavkatjon Akbutayevich – Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. 

Shavkat Turdimov 1980-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy, 2006-yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan. 

Tayinlovga qadar Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring